'QUSH TILI' PREMERA

'QUSH TILI' PREMERA

22 Oktyabr 2021 - 12:12

“Qush tili”

(falsafiy drama)

12.10.2021           18.00

Muallif: Alisher Navoiy

Sahnalashtiruvchi rejissyor: G’ofir Mardonov

Sahnalashtiruvchi rassom: Ixtiyor G’oyipov

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) asari mutafakkirning oltmish yoshlarda yozgan murakkab dostonlaridan hisoblanadi. Asarda ko’tarilgan mavzu – insonning komillikka erishishi har qanday holatda ham har qanday holatda ham o’z istaklari uchun kurashishi va shunga da’vat etuvchi falsafiy asar hisoblanadi. Asarda bir qancha  turli xil qushlar Simurg’ visolida yetti vodiy (Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig’no, Tavhid, Hayrat, Hayrat, Faqru-fano) osha safarga chiqadilar. Xudoni izlashga umr sarflab, yetti riyozat bosqichidan o’tadilar va o’zlari Simurg’ ekanliklarini anglaydilar. Dostonda shayx San’onning sevgi qissasi alohida ifodalangan. Shayx San’on Tarso sanamga ko’ngil berib, ka’badan voz kechib, Qur’onni kuydirib, otashparastlar ibodatxonasida o’t yoqibyurganida mahbubasi yuzida olloh hamolini ko’radi. Uning ishqida yonarkan olloh ishqida yonyapman deb o'ylaydi.